Skip to content

Latest commit

 

History

History
142 lines (85 loc) · 9.6 KB

README.uz.md

File metadata and controls

142 lines (85 loc) · 9.6 KB

Open Source Love License: MIT Open Source Helpers

Birinchi hissalar

Ushbu loyiha yangi boshlanuvchilarning birinchi hissasini qo'shish usullarini soddalashtirish va yo'naltirishga qaratilgan. Agar siz birinchi hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, quyidagi amallarni bajaring.

Agar buyruq satri sizga mos bo'lmasa, Bu erda GUI vositalaridan foydalanib amalga oshirishga oid darsliklari mavjud

repositoryni fork qiling

Agar kompyuteringizda git mavjud bo'lmasa, buni o'rnating.

Bu repositoryni fork qilib oling

Bu repositoryni ushbu sahifaning yuqorisidagi fork tugmasini bosish orqali fork qilib oling. Bu akkountingizda ushbu repositoryning nusxasini yaratadi.

Bu repositoryni klon qilib oling

bu repositoryni klon qilib oling

Endi fork qilingan repositoryni kompyuteringizga klon qiling. Github akkountingizga kirib, fork qilingan repositoryni oching, code tugmasi ustiga bosing va keyin copy to clipboard belgisi (icon) ustiga bosing.

Terminalni oching va quyidagi git buyruqlarini yurg'izing:

git clone "siz horizgina ko'chirib olgan url"

bu yerda "siz horizgina ko'chirib olgan url" (qo'shtirnoqlarsiz) ushbu repositoryning (siz fork qilingan proyekt) 'URL'idir. URLni olish uchun oldingi bosqichlarni ko'ring.

urlni klipboardga ko'chiring

Misol uchun:

git clone https://github.com/bu-siz/first-contributions.git

bu yerdagi bu-siz sizning Github akkount nomingiz (username). Bu yerda Githubdagi first-contributions repositorysining kontentlarini kompyuteringizga ko'chiryapsiz.

Branch yaratish

Kompyuteringizda repository papkasiga kiring (agar u yerda bo'lmasangiz)

cd first-contributions

Endi git switch buyrug'i orqali branch yarating:

git switch -c yangi-branch-nomingiz

Misol uchun:

git switch -c add-aliml92

Kerakli o'zgarishlarni qiling va bu o'zgarishlarni commit qiling

Endi matn muharririda Contributors.md faylini oching, unga ismingizni qo'shing. Uni faylning boshiga yoki oxiriga qo'shmang. Uni istalgan o'rta qismga qo'shing. Endi faylni saqlang.

git status

Agar proyekt papkasiga o'tsangiz va git status buyrug'ini yurg'izsangiz, o'zgarishlar borligini ko'rasiz.

git add buyrug'i yordamida hosil qilgan branchingizga o'zgarishlarni qo'shing:

git add Contributors.md

Endi git commit buyrug'i yordamida bu o'zgarishlarni commit qiling:

git commit -m "Contributors royxatiga ismingiz-ni kiritish"

ismingiz- ni o'rniga o'zingizni ismingizni yozing.

O'zgarishlarni Githubga push qilish

git push buyrug'i bilan o'zgartishlaringizni push qiling:

git push origin -u yangi-branch-nomingiz

albatta, yangi-branch-nomingiz ni biroz oldin yaratgan branch nomiga almashtirgan holda.

Push qilish vaqtida biror xatolarni ko'rsangiz, bu yerni bosing
  • Autentifikatsiya Xatoligi

  remote: Support for password authentication was removed on August 13, 2021. Please use a personal access token instead.
  remote: Please see https://github.blog/2020-12-15-token-authentication-requirements-for-git-operations/ for more information.
  fatal: Authentication failed for 'https://github.com//first-contributions.git/'

Akkountingizga SSH kalit yaratish va konfiguratsiya qilish uchun GitHub qo'llanma ga o'ting.

O'zgartirishlaringizni ko'rib chiqilishi uchun topshirish

Agar Githubdagi repositoryingizga o'tsangiz, Compare & pull request tugmasini ko'rasiz. O'sha tugmani bosing.

pull request hosil qilish

Endi pull requestni submit qiling.

pull request submit qilish

Tez orada men sizning barcha o'zgarishlaringizni ushbu proyektning main branchiga birlashtiraman. O'zgarishlar birlashtirilgandan so'ng sizga elektron pochta xabarnomasi keladi.

Bu yerdan qayerga borish?

Tabriklayman! Siz horizgina contributor sifatida tez-tez uchraydigan standard ish ketma-ketligi ya'ni fork -> clone -> edit -> pull request ni tamonladingiz.

Hissangizni nishonlang va web appga o'tish orqali do'stlaringizga va ergashuvchilaringizga ulashing.

Agar sizga yordam kerak bo'lsa yoki savollaringiz bo'lsa, bizning slack jamoamizga qo'shilishingiz mumkin.Slack jamoasiga qo'shiling.

Endi boshqa proyektlarga hissa qo‘shishni boshlaylik. Siz boshlashingiz mumkin bo'lgan oson masalalar bilan proyektlar ro'yxatini tuzdik. Ko'zdan kechiring web appdagi proyektlar ro'yxati.

Boshqa Vositalardan Foydalanish Uchun Qollanmalar

GitHub Desktop Visual Studio 2017 GitKraken VS Code Sourcetree App IntelliJ IDEA
GitHub Desktop Visual Studio 2017 GitKraken Visual Studio Code Atlassian Sourcetree IntelliJ IDEA